01Kirish
Tomonlar va kelishuv
1.1. Ushbu shartlar Siz (keyingi o'rinlarda — Kassa egasi) va TolovGo xizmati (tolovgo.uz, keyingi o'rinlarda — TolovGo) o'rtasidagi kelishuvdir. TolovGo tolovgo.uz kabineti va @tolovgobot orqali ishlaydi.
1.2. Ro'yxatdan o'tganingiz, kassa ochganingiz yoki kassa orqali to'lov qabul qilganingiz shartlarni qabul qilganingizni bildiradi. Rozi bo'lmasangiz, xizmatdan foydalanmang.
1.3. Shartlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan va talqin qilinadi.
02Xizmat
TolovGo nima qiladi
2.1. TolovGo — Telegram bot yoki sayt uchun Click, Payme va Paynet orqali to'lov qabul qiladigan kassa. Mijoz pay.tolovgo.uz to'lov sahifasida to'laydi, kassaga imzoli xabar (callback) yuboriladi.
2.2. Har bir yangi kassa ariza sifatida ochiladi va TolovGo administratori tasdiqlagach faollashadi; API kalit shu paytda beriladi. RoxBuilder'da ochilgan bot uchun ariza bir bosishda yuboriladi, boshqa bot yoki sayt uchun — kabinetdagi forma orqali. Ariza rad etilsa, sababi ko'rsatiladi.
2.3. Mijozga sotiladigan tovar yoki xizmat, uning sifati va mijoz bilan munosabat Kassa egasining ishi. TolovGo faqat to'lovni qabul qiladi va balansga yozadi.
03Hisob
Kirish va xavfsizlik
3.1. Hisob tolovgo.uz'da ism, telefon raqam, email, login va parol bilan ochiladi; email kod bilan tasdiqlanadi. Telegram yoki Google orqali kirish ixtiyoriy.
3.2. Login va parolni hech kimga bermang. Parol esdan chiqsa, uni tasdiqlangan email orqali tiklash mumkin. Parolni o'zingiz oshkor qilganingizdan kelib chiqqan zarar uchun TolovGo javobgar emas.
3.3. TolovGo xodimlari parolingizni, email kodini yoki API kalitingizni hech qachon so'ramaydi.
04To'lov
Pul qanday tushadi
4.1. To'lov o'tishi bilan xizmat haqi (hozir 6%) ushlanadi, qolgani Kassa egasining balansiga darhol tushadi. Kutish muddati yo'q.
4.2. Bir egadagi barcha kassalar bitta umumiy balansga yig'iladi.
4.3. API orqali ochilgan to'lov 1 soat, kabinetdagi to'lov havolasi tanlangan muddat (1 soat, 24 soat yoki 7 kun) davomida amal qiladi. Muddati o'tgan to'lov yopiladi.
4.4. To'lov tizimi to'lovni bekor qilsa yoki qaytarsa, shu to'lovdan balansga yozilgan summa balansdan ayiriladi. Pul allaqachon chiqarib olingan bo'lsa, balans manfiy bo'ladi va keyingi tushumlardan qoplanadi.
05Chiqarish
Kartaga yechish
5.1. Balans kabinet yoki @tolovgobot orqali O'zbekiston bank kartasiga chiqariladi. Chiqarish uchun balans kamida 50 000 so'm, bitta so'rov kamida 5 000 so'm bo'lishi kerak.
5.2. Chiqarish turlari:
- Manual — komissiyasiz, pul 1–72 soat ichida tushadi (ish kunlari);
- Tezroq — 1% komissiya, haftaning har kuni, pul 1 daqiqa–18 soat ichida tushadi.
5.3. Summa so'rov yuborilgan zahoti balansdan ushlab qolinadi. So'rov rad etilsa, summa balansga to'liq qaytadi.
5.4. Karta raqamini Kassa egasi kiritadi. Kabinet raqamning to'g'ri tuzilganini tekshiradi, lekin uning kimga tegishliligini tekshira olmaydi. Xato kiritilgan karta raqami tufayli boshqa kartaga o'tgan pul uchun TolovGo javobgar emas.
5.5. Eski qoldiq. 22-sentabr 2026 gacha tushgan pul balansga xizmat haqisiz yozilgan. Undan chiqarilgan qismga chiqarish paytida 6% olinadi. Kabinetdagi hisob buni o'zi hisobga oladi.
06API kalit
Kalit va imzo siri
6.1. Har kassaning API kaliti va imzo siri (webhook secret) bor. Ularni hech kimga bermang va ochiq joyga (GitHub, frontend kodi) qo'ymang.
6.2. Kalit boshqalarga ma'lum bo'lib qolsa, kabinetda uni darhol yangilang — eski kalit shu zahoti ishlamay qoladi. Kalitni o'zingiz oshkor qilganingizdan kelib chiqqan zarar uchun TolovGo javobgar emas.
6.3. Callback'ni qabul qilishda imzoni (X-Rox-Signature) tekshirish Kassa egasining zimmasida. Imzosi tekshirilmagan xabar asosida berilgan tovar uchun TolovGo javobgar emas. Tekshirish tartibi — API hujjatida.
07Taqiqlar
Nima mumkin emas
7.1. Kassa quyidagilar uchun ishlatilmaydi:
- O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Click, Payme yoki Paynet qoidalariga zid tovar va xizmatlar;
- firibgarlik: soxta tovar, yetkazilmaydigan buyurtma, soxta yutuq yoki daromad va'dasi;
- qimor, pornografiya, giyohvand moddalar, qurol;
- boshqa shaxs kartasidan uning roziligisiz to'lov qabul qilish;
- pulni kassa orqali «aylantirish» — tovar yoki xizmatsiz to'lov o'tkazish.
7.2. Qoida buzilganda yoki to'lov tizimidan shikoyat kelganda kassa to'xtatilishi, chiqarish so'rovi tekshiruv tugaguncha ushlab turilishi mumkin.
08Ma'lumotlar
Nima saqlanadi
8.1. Saqlanadi: Kassa egasining ismi, telefon raqami, emaili, logini va parolning xeshi (parolning o'zi saqlanmaydi); ulangan bo'lsa — Telegram ID yoki Google hisobi identifikatori; kassa sozlamalari; to'lovlar (summa, holat, vaqt, to'lovchi haqida kassa yuborgan ma'lumot); chiqarish so'rovlari. Karta raqami bazada shifrlangan holda saqlanadi.
8.2. Email tasdiqlash kodlari faqat xesh ko'rinishida va 10 daqiqa saqlanadi.
8.3. To'lovchining karta rekvizitlari Click, Payme yoki Paynet tomonida kiritiladi — TolovGo ularni ko'rmaydi va saqlamaydi.
8.4. Pasport, biometrik va shunga o'xshash ma'lumotlar yig'ilmaydi. Ma'lumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi va faqat qonunda belgilangan hollarda vakolatli organlarga beriladi.
09Javobgarlik
Cheklovlar va nizolar
9.1. Click, Payme, Paynet yoki bank tomonidagi uzilish va kechikishlar uchun TolovGo javobgar emas. Bunday holatda to'lov holati tizim javobi kelgach yangilanadi.
9.2. TolovGo xizmatning uzluksiz ishlashiga harakat qiladi, lekin texnik ishlar va kutilmagan uzilishlar bo'lishi mumkin.
9.3. Nizo avval @SamarCoder orqali muzokara yo'li bilan hal qilinadi. Kelishilmasa, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ko'riladi.
10Yangilanish
Shartlar va stavka o'zgarishi
10.1. Shartlar, xizmat haqi va chiqarish turlari o'zgarishi mumkin. Yangi matn shu sahifada e'lon qilinadi, muhim o'zgarish haqida @tolovgobot yoki @tolovgo kanali orqali xabar beriladi.
10.2. Yangi xizmat haqi e'londan keyingi to'lovlarga qo'llanadi, balansdagi pul qayta hisoblanmaydi.
10.3. Ushbu shartlar RoxPay foydalanish shartlarining (22-sentabr 2026, 1.0) o'rnini bosadi: xizmat RoxPay nomidan TolovGo nomiga o'tdi, kassalar, balanslar va kalitlar o'zgarmadi.
11Aloqa
Murojaat yo'llari
11.1. To'lov, chiqarish, shikoyat bo'yicha: @SamarCoder. Murojaatda kassa nomi va to'lov raqamini (#) yozing.
11.2. Kabinet: tolovgo.uz. Bot: @tolovgobot. API hujjati: tolovgo.uz/hujjat.