Telegram bot uchun

Telegram botda to'lov qabul qilish: Click, Payme, Paynet

Bot foydalanuvchiga to'lov havolasini yuboradi, foydalanuvchi Click, Payme yoki Paynet orqali to'laydi, bot imzolangan xabar oladi va hisobni o'zi to'ldiradi.

Xizmat haqi 6%, oylik to'lov yo'qBitta bot — bitta kassa

01To'lov qanday o'tadi

  • Foydalanuvchi botda «Hisobni to'ldirish» yoki «Sotib olish» tugmasini bosadi.
  • Botingiz POST /create ga summa yuboradi va javobdagi pay_url'ni tugma qilib beradi.
  • Foydalanuvchi checkout sahifasida Click, Payme yoki Paynet'ni tanlab to'laydi.
  • Botingizning callback_url manziliga status=paid keladi — imzoni tekshirib, balansni to'ldirasiz yoki tovarni berasiz.

02Nimaga ishlatiladi

  • Bot ichidagi balansni to'ldirish: Stars, Premium, nomer, SMM xizmatlari va boshqalar.
  • Obuna, kurs yoki yopiq kanalga kirish uchun to'lov.
  • Do'kon botlarida buyurtma uchun to'lov.

Har bot uchun alohida kassa ochiladi: o'z balansi, API kaliti va to'lov tizimlari. RoxBuilder'da yaratilgan bot uchun kassa arizasi bir bosishda yuboriladi.

03Bot kodi namunasi

Python, oddiy HTTP — aiogram, pyTelegramBotAPI yoki boshqa kutubxona bilan ishlaydi.

import requests

API = 'https://pay.tolovgo.uz/api'
KALIT = 'KASSA_API_KALIT'
BOT = 'https://api.telegram.org/botBOT_TOKEN'

def tolov_havolasi(user_id, summa):
    r = requests.post(f'{API}/create', headers={'X-Api-Key': KALIT}, data={
        'amount': summa,
        'callback_url': f'https://bot.example.uz/tolov?uid={user_id}',
    })
    return r.json()['pay_url']

def tolov_tugmasi(chat_id, summa):
    requests.post(f'{BOT}/sendMessage', json={
        'chat_id': chat_id,
        'text': f"{summa} so'm",
        'reply_markup': {'inline_keyboard': [[
            {'text': 'To'lash', 'url': tolov_havolasi(chat_id, summa)},
        ]]},
    })

API hujjati → X-Rox-Signature

04Panel va pul

  • Panelda to'langan, kutilayotgan va bekor qilingan to'lovlar, umumiy tushum, CSV va oylik PDF hisobot.
  • Webhook'ni paneldan sinab ko'rish mumkin — bot callback'ni to'g'ri qabul qilyaptimi, real to'lovsiz tekshirasiz.
  • Pul kassa balansiga tushadi (6% xizmat haqi ushlanib). Kartaga yechish: manual — komissiyasiz, 1–72 soat; tezroq — 1%, 1 daqiqadan 18 soatgacha.
  • Hisob email kod bilan ochiladi, Telegram orqali kirish ixtiyoriy.

To'lov API va checkout haqida batafsil →

05Savollar

Telegram Payments (provider token) kerakmi?

Yo'q. Bot oddiy havola yuboradi, to'lov TolovGo checkout sahifasida bo'ladi. BotFather'da to'lov provayderini ulash shart emas.

Qaysi to'lov tizimlari bor?

Click, Payme va Paynet. Har birini kassada alohida yoqib-o'chirish mumkin.

Foydalanuvchini to'lov bilan qanday bog'layman?

callback_url ga foydalanuvchi ID sini qo'shing (masalan ?uid=123) yoki v1 API'da external_id va payer.telegram_id maydonlarini yuboring.

Callback ikki marta kelsa-chi?

Callback takror kelishi mumkin, shuning uchun to'lov ID si bo'yicha bir marta hisoblang. Imzo X-Rox-Signature sarlavhasida keladi.

Narxi qancha?

Har to'lovdan 6% xizmat haqi. Oylik to'lov va ulanish haqi yo'q.

Bot uchun kassa ochish →