TolovGo

Maxfiylik siyosati

tolovgo.uz sayti va unga bog'liq xizmatlarda shaxsiy ma'lumotlar qanday qayta ishlanadi.

Oxirgi yangilanish: 14-noyabr 2026Til: o'zbek

01Operator

Ushbu siyosat tolovgo.uz sayti va unga bog'liq xizmatlar (shaxsiy kabinet, to'lov sahifalari, API, Telegram bot @tolovgobot) ishlashida shaxsiy ma'lumotlar qanday qayta ishlanishini tushuntiradi. Siyosat Foydalanish shartlari bilan birga o'qiladi.

02Kimlar uchun

TolovGo — Telegram bot, veb-sayt va onlayn do'konlar uchun to'lov qabul qilish xizmati. Siyosat uch toifaga tegishli:

  • Kassa egalari (kabinetga kiruvchi foydalanuvchilar);
  • To'lovchilar (kassa egasining mijozlari, to'lov sahifasidan foydalanuvchilar);
  • Tashrif buyuruvchilar va murojaat qiluvchilar (saytni ochganlar, support@tolovgo.uz yoki Telegram botga yozganlar).

03Qanday ma'lumotlar qayta ishlanadi

3.1. Hisob va kirish (kassa egasi)

  • Ism, email, telefon raqami (kiritilgan bo'lsa), login.
  • Telegram ID (kabinet egasi identifikatori sifatida) va Google hisobi identifikatori (Google orqali kirilganda).
  • Mavjud hisoblar uchun parol faqat bir tomonlama xesh ko'rinishida saqlanadi; parolning ochiq shakli saqlanmaydi.
  • Oxirgi kirish vaqti.
  • Ikki bosqichli himoya (2FA) siri shifrlangan holda, zaxira kodlar xesh ko'rinishida (qo'shimcha shifrlangan) saqlanadi.
  • Email orqali yuborilgan kirish kodlari xesh ko'rinishida, qisqa muddatga saqlanadi.

3.2. Tasdiqlash (identifikatsiya)

  • Telefon raqami va uning tasdiqlangan vaqti (SMS kod orqali tasdiqlansa).
  • Joylashuv: Tasdiqlash bo'limida brauzer ruxsati bilan bir marta yuborilgan koordinatalar, aniqlik va «O'zbekistonda» belgisi.
  • Pasport orqali identifikatsiya (KYC): yangi kassa ochish va pul yechish uchun majburiy. Pasport ma'lumotlari (F.I.O., pasport seriyasi va raqami, JShShIR, tug'ilgan sana, telefon, pasport va yuz suratlari) faqat O'zbekiston hududidagi alohida serverda (id.tolovgo.uz) shifrlangan holda yig'iladi va saqlanadi. TolovGo asosiy tizimida faqat F.I.O., niqoblangan (qisman yashirilgan) pasport raqami, ariza holati, ariza raqami va (rad etilgan bo'lsa) rad etish sababi saqlanadi. JShShIR, to'liq pasport raqami va suratlar asosiy tizimga uzatilmaydi.

3.3. To'lov va moliyaviy ma'lumotlar

  • Kassa ma'lumotlari: nomi, Telegram bot yoki sayt manzili, logotip, sozlamalar, API kalitlar (shifrlangan), webhook siri (shifrlangan), ruxsat etilgan IP manzillar.
  • Buyurtma va to'lovlar: summa, holat, vaqt, izoh, buyurtma raqami, to'lov usuli, provayder tranzaksiya raqami.
  • To'lovchi haqida ma'lumot: Telegram ID, username, ism (ixtiyoriy). Bu ma'lumotni to'lov yaratishda kassa egasi yuboradi.
  • Pul yechish: summa, holat va qabul qiluvchi rekvizitlari: karta raqami yoki telefon raqami (shifrlangan); saqlangan kartalar: shifrlangan raqam, oxirgi 4 raqam, karta turi. Karta qo'shish uchun kod email yoki Telegram orqali yuboriladi.
  • Hisob-kitob yozuvlari (balans, harakatlar).
  • To'lovchining bank kartasi: karta raqami, muddati va SMS kodi to'lov sahifasidagi formaga kiritiladi, lekin brauzerdan to'g'ridan-to'g'ri to'lov tizimiga (Payme) yuboriladi va TolovGo serverlariga kelmaydi; serverda faqat tasdiqlangan token ishlatiladi.

04Ma'lumot manbalari

  • Sizning o'zingiz: formalar, kabinet, support@tolovgo.uz ga xat yoki Telegram botga yozgan xabaringiz.
  • Telegram va Google (kirish vositasi sifatida).
  • Kassa egasi (to'lovchi ma'lumoti API orqali).
  • To'lov provayderlari (tranzaksiya holati).
  • Identifikatsiya xizmati (ariza holati, F.I.O.; xizmat ishlagan paytda).
  • Brauzer va qurilmangiz: IP manzil, user-agent, cookie.

05Maqsadlar

  • Hisob ochish, kirish va xavfsizlikni ta'minlash (2FA, urinishlarni cheklash).
  • To'lovlarni qabul qilish, hisob-kitob, pul yechish, hisobotlar.
  • Tasdiqlash bo'limi (telefon, joylashuv, identifikatsiya). Telefon, joylashuv va identifikatsiya ma'lumotlari noqonuniy mablag' yoki firibgarlik holatlarida shaxsni va uning joylashuvini aniqlash hamda zarur bo'lganda vakolatli organlarga topshirish imkoniyatini saqlash uchun yig'iladi.
  • Xabarlar yuborish (kodlar, to'lov va yechish bildirishnomalari).
  • Murojaatlarga javob berish va foydalanuvchilarga yordam ko'rsatish.
  • Xavfsizlik jurnallarini yuritish (tizimda haqiqatda qayd etiladigan ma'lumotlar: masalan, sessiya IP manzili va user-agent, ilova jurnallari), shubhali harakatlarni aniqlash va xizmat xavfsizligini ta'minlash.
  • Nizolarni hal qilish.
  • Qonuniy talablarni bajarish.

06Huquqiy asoslar

Har bir maqsad uchun ma'lumot nima sababdan qayta ishlanishi:

MaqsadSabab
Hisob ochish, kirishSiz xizmatdan foydalanish uchun hisob ochasiz; ma'lumotsiz hisob ochib bo'lmaydi.
To'lov, hisob-kitob, pul yechishXizmatni ko'rsatish uchun zarur.
Xabarlar yuborishKodlar va bildirishnomalar xizmat ishlashi uchun zarur.
Murojaatlar va yordamSizning murojaatingizga javob berish uchun.
Xavfsizlik jurnaliHisob va xizmatni himoya qilish, nizolarni hal qilish uchun.
Nizolarni hal qilishTo'lov va hisob bo'yicha nizolarda dalil sifatida.
Tasdiqlash (telefon, joylashuv, identifikatsiya)Noqonuniy mablag' yoki firibgarlik holatlarida shaxsni aniqlash va vakolatli organlarga topshirish imkoniyati uchun.
Qonuniy talablarAmaldagi qonunchilik talablarini bajarish uchun.

07Uchinchi tomonlar va ma'lumot almashinuvi

XizmatNima uchunQanday ma'lumot ketadi
Telegramkirish vidjeti (kirish sahifasida va to'lov sahifasida telegram.org skripti), bot xabarlariTelegram ID, ism va username (kirishda); botga yuboriladigan xabar matni (to'lov, yechish, kod)
GoogleGoogle orqali kirish; Google Fonts shriftlariGoogle hisobi identifikatori va email (kirishda); sahifa shriftlarini yuklashda (kabinet va to'lov sahifalarida) brauzerning IP manzili Google serverlariga yetadi
CloudflareDNS; ba'zi subdomenlar (masalan, pay.tolovgo.uz) uchun proksi; support@tolovgo.uz ga kelgan xatlarni yo'naltirish; ro'yxatdan o'tish formasida Turnstile (hozir ro'yxat yopiq)trafik metama'lumotlari; kelgan xatlar
Brevoemail yuborish (kirish kodlari, bildirishnomalar)qabul qiluvchi email, mavzu va xat matni
EskizSMS yuborish (telefon tasdig'i)telefon raqami va SMS matni
To'lov provayderlari (Click, Payme, Paynet, Xazna, Uzum)to'lovni qabul qilishsumma, buyurtma raqami va provayder kerakli texnik parametrlar. Ism, email yoki Telegram ID bu provayderlarga yuborilmaydi. Karta ma'lumotlarini provayderning o'zi qayta ishlaydi.
Kassa egasito'lov haqida xabar (callback)buyurtma holati, summa, izoh (imzolangan so'rov)
  • Asosiy tizim serveri Germaniyada joylashgan (ijaraga olingan hosting). Identifikatsiya xizmati serveri O'zbekistonda.
  • Ma'lumotlar sotilmaydi va reklama maqsadida ishlatilmaydi. Saytda reklama joylashtirilmaydi.
  • Hozirgacha davlat organlariga ma'lumot berish holatlari bo'lmagan.

08Saqlash muddatlari

Belgilangan muddatlar:

  • Sessiya: 30 daqiqa faolsizlikdan keyin tugaydi.
  • Tasdiqlash kodlari (email, Telegram, karta): 5 daqiqagacha, ishlatilgach o'chiriladi.
  • To'lov havolasi: berilgan paytdan 1 soat.
  • Kabinet bildirishnomalari: 90 kundan keyin avtomatik o'chiriladi.
  • Server, ilova, Telegram bot va to'lov provayderlari (Click, Payme, Paynet, Xazna, Uzum) jurnallari: 2 yil.

Boshqa ma'lumotlar:

  • Hisob ma'lumotlari saqlanadi, hisob mavjud bo'lgan davrda. Telegram orqali kirilgan bo'lsa: Telegram ID, ism va username; Google orqali kirilgan bo'lsa: Google pochta manzili va identifikatori.
  • Buyurtmalar, tranzaksiyalar, yechish so'rovlari, hisob-kitob yozuvlari va saqlangan kartalar hisob mavjud bo'lgan davrda saqlanadi.
  • Webhook yetkazish yozuvlari va pochta qutisidagi murojaatlar hisob mavjud bo'lgan davrda saqlanadi.
  • Sessiya yozuvlari (IP manzil, user-agent) sessiya muddati tugagach tizim tomonidan vaqti-vaqti bilan o'chiriladi.
  • Joylashuv ma'lumoti hisob mavjud bo'lgan davrda saqlanadi.
  • KYC bo'yicha tarixiy yozuvlar (F.I.O., niqoblangan pasport) hisob mavjud bo'lgan davrda saqlanadi.
  • Kassa o'chirilganda kassaga tegishli barcha ma'lumotlar (buyurtmalar va tarix, logotip, bot username, to'lov tizimlari sozlamalari) o'chiriladi. Istisno: jurnallar (to'lov provayderlari jurnallari ham) 2 yil saqlanadi (noqonuniy mablag' holatlarini aniqlash uchun). Egasining pul yechish uchun saqlangan kartalari qoladi, chunki ular kassaga emas, profilga tegishli.

09Xavfsizlik choralari (hozir mavjudlari)

  • Shifrlanadi: karta raqamlari, 2FA siri va zaxira kodlar, API kalitlar, webhook siri va joylashuv ma'lumoti. Joylashuv ma'lumoti faqat vakolatli organlar so'raganda, shifrlangan holda topshiriladi.
  • Parollar faqat bir tomonlama xeshda; kirish kodlari xeshda.
  • HTTPS (HSTS), xavfsizlik sarlavhalari va kontent siyosati (CSP); cookie secure, httponly, SameSite=Lax.
  • Pul yechishda ikki bosqichli (Authenticator) tasdiq; kirish va kod urinishlari cheklangan; webhook'lar HMAC-SHA256 bilan imzolanadi.
  • Hech bir tizim 100% xavfsiz emas.

10Savol va takliflar

Savol, muammo yoki taklif bo'lsa, bemalol support@tolovgo.uz ga yozing. O'z ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni ham shu manzil orqali so'rashingiz mumkin.

11Cookie

Saytda faqat xizmat ishlashi uchun zarur cookie'lar (kirish sessiyasi, xavfsizlik) va qulaylik sozlamalari (til, mavzu) ishlatiladi. Tahlil yoki reklama cookie'lari ishlatilmaydi. Cookie'larni brauzer sozlamalarida o'chirish yoki bloklash mumkin; zaruriy cookie'lar bloklansa, kabinetga kirish va to'lov ishlamasligi mumkin.

12Yosh cheklovi

18 yoshga to'lmaganlar xizmatdan foydalana olmaydi.

13O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi.

14Aloqa

Savollar uchun: support@tolovgo.uz