Mijoz to'lov sahifasida Click, Payme yoki Paynet orqali to'laydi. Pul kassa balansingizga tushadi, botingizga imzolangan xabar (callback) keladi.
Mijozlar to'laydigan usullar:
ClickPaymePaynetIsm, telefon raqam, login va parol. Bir daqiqa oladi, Telegram shart emas.
RoxBuilder botlari uchun kassa bir bosishda ochiladi, boshqalari uchun ariza ko'rib chiqiladi.
Har kassaga alohida kalit beriladi. Kalitga IP cheklovi qo'yish mumkin.
POST /api/create so'rovi qaytargan pay_url ni mijozga yuborasiz.
O'z balansi, API kaliti va to'lov tizimlari. Click, Payme va Paynet'ni har kassada alohida yoqish va o'chirish mumkin.
Mijoz sahifada to'lov tizimini tanlab to'laydi, keyin chek ko'radi. To'lov havolasi 1 soat amal qiladi.
Botingizga keladigan har xabar HMAC-SHA256 bilan imzolanadi, soxta so'rovni ajratib olasiz. Webhookni panelda sinab ko'rish mumkin.
To'langan, kutilayotgan va bekor qilingan buyurtmalar, umumiy tushum. CSV yuklab olish va oylik PDF hisobot.
Manual: komissiyasiz, 1–72 soat, ish kunlari. Tezroq: 1%, har kuni, 1 daqiqadan 18 soatgacha.
Hisob ism, telefon, login va parol bilan ochiladi. Botdan foydalanish ixtiyoriy.
Xizmat haqi (6%) to'lov kassaga tushganda ushlanadi. Pulni kartaga yechishda Manual usul komissiyasiz, Tezroq usul 1%.
Hisob taxminiy, so'mgacha yaxlitlanadi.
To'lov yarating, mijozga havolani bering, holatni so'rang yoki callback kuting.
X-Rox-Signature# to'lov yaratish curl -X POST https://pay.tolovgo.uz/api/create \ -H "Authorization: Bearer KALIT" \ -d amount=25000 \ -d order_id=1042 # javob { "pay_url": "https://pay.tolovgo.uz/pay/…" }
Ro'yxatdan o'ting va kassa oching. RoxBuilder botlari uchun kassa bir bosishda, boshqalari uchun ariza ko'rib chiqilgach ochiladi.